Hurmatli foydalanuvchilar, "Yubor" ilovasi orqali pul yuborishda xavfsizlik har doim birinchi o‘rinda turadi! Ammo, ba’zi firibgarlar onlayn pul o‘tkazmalari orqali odamlarni aldashga urinmoqda. Biz siz bilan, firibgarliklardan himoya qilishda hamda online pul o‘tkazmalarini xavfsiz amalga oshirishdagi ba’zi muhim maslahatlar bilan bo‘lishamiz:
• Rasmiy ilovani ishlating. "Yubor" ilovasini faqat rasmiy manbalardan yuklab oling va pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda ishonchli sayt va ilovalardan foydalaning.
• Shaxsiy ma’lumotlaringizni oshkor qilmang. Hech qachon PIN-kod, CVV-kod, parol yoki bank hisobingiz haqida ma’lumotni begona odamlarga bermang.
• Soxta qo‘ng‘iroqlarga ishonmang. O‘z mablag‘laringizni himoya qilish uchun hushyor bo‘ling.
• Shubhali takliflarga ishonmang. Agar kimdir sizga katta foyda va’da qilsa, bu firibgarlik alomati bo‘lishi mumkin.
Pul o‘tkazmalarida xavfsizlik eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, xalqaro pul o‘tkazmalarida firibgarlikdan himoyalanish katta ahamiyatga ega. Yubor ilovasida pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda barcha shaxsiy ma’lumotlaringiz eng zamonaviy texnologiyalar yordamida himoyalangan. Ma’lumotlarning shifrlanishi orqali sizning shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlaringiz firibgarlar tomonidan o'g'irlanishining oldi olingan.
Yubor - online pul o‘tkazmalari ilovasi doimo ishonchli va xavfsiz!